“SITRO SHOU” AKSIYASI QOIDALARI

 

  1. Umumiy qoida:
    • Aksiyaning maqsadi «SITRO» 0,5 litr hajimdagi savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan mahsulotni reklama qilish, sotish hajmini ko’paytirish, O’zbekiston Respublikasi bozorlarida tovarni ilgari surishdir.
    • Aksiya tashkilotchisi va reklama qilingan mahsulotni ishlab chiqaruvchisi: «IMIR-TRADE GROUP» mas’uliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon-Tashkilotchi).

 

Tashkilotchi rekvizitlari:

«IMIR-TRADE GROUP» MCHJ

Manzil: Toshkent sh. Bektemir t-n, X.Bayqaro ko’chasi -92

X/r: 20 20 8000 904 427 290 001

Bank: “Ipoteka bank” AKIB Toshkent shahar bo’limi

Bank kodi:00419

CTIR: 205765147

IFUT: 11070

Тelefon: 71 295 22 99

 

Telegram: t.me/sitroshou

Instagram: www.instagram.com/sitroshou

Facebook: sitro.official

 

  1. Aksiya ishtirokchilari:
    • Aksiya ishtirokchilari (bundan buyon-Ishtirokchilar) Aksiya shartlarini to’liq bajargan, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan, O’zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va 18 yoshga to’lgan shaxslar hisoblanadi. 2.2-bandda ko’rsatilgan shaxslar bundan mustasno.
    • Aksiya Tashkilotchi korxona xodimlari, aksiyani tayyorlash va o’tkazishda ishtirok etayotgan ishtirokchilar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalar va farzandlar, bobo-buvilar va nabiralar), to’liq va to’liq emas bo’lgan (umumiy ota yoki onaga ega) aka-uka va opa-singillar, shuningdek ushbu nizomning talablariga javob bermaydigan har qanday boshqa shaxslar, Aksiya Ishtirokchilari deb tan olinmaydi va unda qatnashish huquqiga ega emaslar.

 

  1. Aksiyada ishtirok etish shartlari:
    • Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak.
      • Birinchi bosqich:

-Belgilangan Aksiya muddati ichida «IMIR-TRADE GROUP» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan «SITRO» 0,5 litr hajimdagi mahsulotlarni xarid qilib qopqoqni ochish va qopqoq ichki qismidagi «SITRO SHOU» so’zi va promo-kodni topish kerak.

-Promo-kodli SMS-xabarni 5200 qisqa raqamiga yuborish. (bir dona SMS narxi – 84,20 so’m). Bunga javoban, Aksiyada ro’yxatdan o’tganligi haqida SMS keladi.

-SMS-xabarda bir nechta promo-kod yuborilgan bo’lsa;

-SMS-xabarda promo-kod yuborilmagan bo’lsa;

-Yuborilgan SMS-xabardagi  promo-kod avval ro’yxatdan o’tgan bo’lsa;

-SMS-xabarda promo-kod mavjud bo’lib, lekin u Tashkilotchi tomonidan muomalaga chiqarilgan promo kodlarga mos kelmasa, (barcha promo-kodlarning ro’yxati Tashkilotchi ma’lumotlar bazasida saqlanadi);

-Aksiya muddati tugagandan so’ng yuborilgan SMS-xabar;

 

  1. Aksiya sovrin fondi:
    • Aksiya sovrin fondi, Aksiyaning Tashkilotchisi hisobidan Aksiyadan oldin shakllantiriladi. Sovrin fondi, aksiya Ishtirokchilariga faqat sovrin taqdim etish uchun ishlatiladi.
    • Aksiya sovrin fondiga turli xil maishiy texnika buyumlari kiritilgan.
    • Tashkilotchi, Aksiya sovrinlarini sonini o’zgartirish yoki ushbu qoidalarga kiritilmagan boshqa sovrinlarini Aksiya dasturiga qo’shish, huquqini o’zida saqlab qoladi.
    • Barcha sovrinlar yangi. Qabul qilish va topshirish vaqtida sovrinlar yaxshi holatda va o’z maqsadlariga muvofiq foydalanishga tayyor. Sovrinlarning sifatiga oid majburiyatlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan kafolatlar bilan cheklangan.
    • Sovrinning parametrlari, tavsiflari, ranglari, jihozlari va boshqa xususiyatlari Tashkilotchning ixtiyori bilan aniqlanadi va reklama materiallarida taqdim etilganlaridan farq qilishi mumkin.
    • Tashkilotchining majburiyati faqat shu ko’rsatilgan sovrinlar miqdori bilan cheklanadi.
    • Sovrinni olgan shaxslarni soliqqa tortish, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Aksiyaning g’oliblari sovrinlarni qo’lga kiritganligi sababli yuzaga kelgan soliq to’lovlarini mustaqil ravishda to’laydilar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida belgilangan barcha zaruriy choralarni amalga oshiradilar.

 

  1. Aksiya g’oliblarini aniqlash va sovrinlarni topshirish shartlari:
    • Har haftada Tashkilotchining Telegram ijtimoiy tarmog’i kanalida «SITRO SHOU» deb nomlangan tanlov o’tkaziladi (bundan buyon- Tanlov). “IMIR-TRADE GROUP” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «SITRO» 0.5litr hajmli ichimligi qopqoqlari ostida topilgan promo-kodni yuborgan abonent, ushbu Tanlovning Ishtirokchisi bo’lish imkoniyatiga ega (bunda kegin Ishtirokchi). Tanlov davomida sovg’a e’lon qilinadi va hafta davomidagi sms yuborgan Ishtirokchilar orasidan tasodifiy tarzda g’olib Ishtirokchi tanlab olinadi.
    • Tanlov shartiga ko’ra, sovg’ani olish uchun g’olib Ishtirokchi pasporti bilan birga SMSni yuborgan telefon raqamini ham olib Tashkilotchi aytgan manzilga kelishi kerak.
    • Aksiya g’oliblari Tashkilotchilarga, sovrinlarni olish uchun quyidagi ma’lumot va hujjatlarni taqdim etadi:

-O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti;

-Soliq inspektsiyasidan soliq identifikatsiya raqamining (ИНН) nusxasi.

 

  1. Yakuniy qoidalar:
    • Tashkilotchi, Aksiya G’oliblarini aniqlashda xolislik, halollik, haqqoniylikni ta’minlaydi.
    • Aksiya qoidalari to’g’risida axborot berish reklama, flaer tarqatish, shuningdek Tashkilotchilarning internet sahifalariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
    • Ushbu qoidalar, Tashkilotchi tomonidan Aksiya davomida o’zgartirilishi yoki qo’shimcha qo’shilishi mumkin. O’zgartirishlar, Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda, amalga oshirilishi mumkin. Ushbu o’zgartirishlar, agar ushbu qoidalarga kiritilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
    • Aksiya Tashkilotchisi, har qanday vaqtda Aksiyani to’xtatib qo’yish yoki bekor qilish huquqiga ega.
    • Aksiyada qatnashish orqali har bir o’zi taqdim etgan axborotni, Tashkilotchi tomonidan bepul asosda foydalanilishiga rozilik beradi. Tashkilotchi tomonidan Ishtirokchining ismi-sharifi, uning ishtirokidagi foto-video-audio materiallar marketing va reklama faoliyati doirasida, hamda, mavjud qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa maqsadlarda, hududiy va muddat cheklovlarisiz, foydalanilishi mumkin. Bu holatda Ishtirokchi, Tashkilotchidan moddiy yoki ma’naviy manfaat talab qilish huquqiga ega emas.
    • Aksiya Tashkilotchisi olingan ma’lumotni to’plash va undan keyin foydalanishda, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligining shaxsiy ma’lumotlarining dahlsizligi, shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish to’g’risidagi barcha qoidalarga, amal qilishini kafolatlaydi. Boshqa shaxslarga ma’lumot berish, faqat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibda amalga oshirilishi mumkin.
    • Tashkilotchi Internet-provayderlar, telekommunikatsiya operatorlari, pochta, kuryer yoki boshqa xizmatlarning texnik va boshqa turdagi xatolariga, agar bu xatoliklar natijasida pochta va elektron materiallar qabul qilib olinmagan yoki kechiktirilgan, yo’qolgan yoki zararlangan bo’lsa, mas’ul emas.
    • Tashkilotchi, g’oliblarni taqdirlash marosimida taqdim etilgan sovg’alarni keyinchalik ulardan foydalanish yoki foydalana olmasligiga hamda ulardan foydalanish natijasida kelib chiquvchi holatlari uchun javobgar emas. Mukofotning sifati va ularning kafolat xizmati (agar u taqdim etilsa) ularning ishlab chiqaruvchisi tomonidan beriladi. Tashkilotchi, mazkur promo-qoidalar doirasida va mazkur qoidalarda ko’rsatilgan shartlar asosida olingan sovrinlar bo’yicha kafolat majburiyatini olmaydi.
    • Sovrinni faqat Tanlovda qatnashuvchi shaxslar qabul qilishlari mumkin. Sovrin bitim yoki to’lov vositasi bo’lib hisoblanadigan har qanday operatsiyalarga yo’l qo’yilmaydi.
    • Soxta promo-KOD qonun bilan ta’qib qilinadi.
    • Tashkilotchi, tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, xar qanday harbiy harakatlar, blokadalar, Aksiya hududidagi amaldagi qonunchilikdagi jiddiy o’zgarishlar, Tashkilotchining nazorati ostida bo’lmagan boshqa holatlar kabi, favqulodda holatlarda javobgar bo’lmaydi.
    • Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan munosabatlar, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi.