SITRO MILLIONLAR AKSIYASINING OFERTA SHARTLARI

«IMIR-TRADE GROUP» MCHJ Kompaniyasi 2018 yilning 25-avgustidan 2019 yilning 31-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi hududida SITRO MILLIONLAR AKSIYASINI oʻtkazadi. Ushbu aksiya qatnashchilari «SITRO» savdo belgisining milliondan ortiq sovg’alarining biriga ega boʻlishlari mumkin. Aksiyaga quyidagi yutuqlar qo’yilgan:

1000 ta Koptok,

25 ta Notebook,

300 ta Smart watch,

20 ta Play station 4,

100 ta Smartphone,

15 ta Motoscooter,

100 taVelosiped,

20 ta Avtomobil SPARK,

1 000 000 dona bepul SITRO 0.5

Barcha yutuqlar haqiqiy bo’lib, ularni aksiyaning barcha ishtirokchilari yutib olishlari mumkin. Yutuqli qopqoqlar ishlab chiqarish jarayoniga tasodifiy ravishda qo’shiladi. Korxonaning biror hodimi yutuqli qopqoqlar haqida ma’lumotga ega emas. Aksiya ishtirokchilari quyidagi shartlar bilan to’liq rozi hisoblanadilar!

Aksiyaning shartlari:

Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun «IMIR-TRADE GROUP» MCHJ  tomonidan ishlab chiqarilgan, 0.5 va 1.25 hajmli yorlig’i va qopqog’ida АКЦИЯ yozuviga ega «SITRO» ichimliklarini sotib olishingiz va sovg’aning qopqoqlar ostida yashirilgan  6 ta qismini yig’ishingiz, hamda quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilishingiz lozim: 78/ 147 52 00,  99/ 797 88 00. Agar qoqqoq ostidan bitta KOPTOK belgisi chiqsa eng zo’r futbol koptogiga ega bo’lishingiz mumkin. Agar qopqoq ostidan «SITRO» ichimligi belgisi chiqsa, uni shu do’kondan darhol 0.5 hajmli «SITRO» ichimligiga almashtirib oling! Qo’lga kiritgan yutug’ingizning tashqi ko’rinishi reklama materiallaridagi ko’rinishdan farq qilishi mumkin.

Sovg’alarni berish muddati va joyi:

Sovg’alarni egalariga topshirish Aksiya o’tkazilishining butun davrida, ya’ni 2018 yilning 25 avgustidan – 2019 yilning 31-dekabriga qadar, hududiy va markaziy sovgʻa tarqatish shoxobchalarida, Dushanbadan Shanbagacha soat 09:00 dan 18:00 ga qadar  amalga oshiriladi.  2019-yilning 31-dekabridan so’ng keltirilgan qopqoqlar uchun sovg’alar berilmaydi.

Sovg’alarni topshirish shartlari:

Bepul Sitro va Koptok sovg’asidan tashqari ro’yhatdagi barcha sovg’alar 6 ta QISMI yig’ilgan taqdirdagina yutilgan hisoblanadi. Qopqoq ostida maxsus takrorlanmas kod mavjud. Qopqoqni qalbakilashtirish O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ta’qib qilinadi.

Sovg’alarni o’z egalariga topshirish jarayoni:

Aksiya ishtirokchisi tomonidan hududiy va markaziy sovgʻa tarqatish shaxobchalariga maxsus QOPQOQlar  shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan taqdim qilingandan so’ng, ishtirokchiga SOVG’A CHEKI taqdim qilinadi. Ishtirokchiga sovg’alar 1 haftadan 1 oygacha bo’lgan muddatda topshiriladi. Qopqoqlar bus-butun, tashqi holati o’zgarmagan, kesilmagan va pachoqlanmagan bo’lishi kerak. Sovg’aning 6 ta QISMI aks etgan QOPQOQlar va hujjatlar  hududiy markaziy sovgʻa tarqatish shaxobchasi orqali SITRO MILLIONLAR aksiyaning maxsus Komissiyasiga yuboriladi. Aksiya bo’yicha maxsus Komissiya tomonidan qopqoqlar va hujjatlar tekshirilgach, sovg’alarni yutgan shaxslarga topshiriladi. Sovg’alar sozligi topshirish jarayonida tekshiriladi. Muddatli kafolatni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi tomonidan beriladi. Aksiya tashkilotchisi sovg’alarga muddatli kafolat bermaydi.

Sovg’alarni topshirish – qabul qilish hujjatlari:

Sovg’alar o’z egalariga topshirilayotganda uch nusxadan iborat sovg’a cheki to’ldirilib, bir nusxasi sovg’ani yutgan shaxsga beriladi, bir nusxasi hududiy markaziy sovgʻa tarqatish shaxobchasida qoldirilib, yana bir nusxasi sovg’ani beruvchi korxona «IMIR-TRADE GROUP» MChJ ga yuboriladi. Sovg’alar o’z egalariga topshirilgach qabul qilish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi hamda korxona muhri va rahbari imzosi yoki shunday vakolat berilgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.

Yutilgan sovg’alar uchun soliq to’lovlari:

O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga asosan yutuq sohibi “Jismoniy shaxs daromad solig’ini” to’lashi ko’rsatilgan.  «IMIR-TRADE GROUP» MChJ AVTOMOBIL yutug’idan tashqari barcha yutilgan sovg’alar uchun soliq to’lovlarini to’lash bilan bog’liq barcha majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. AVTOMOBIL uchun “Jismoniy shaxs daromad solig’i” yutuq sohibi tomonidan to’lanadi.

Aksiyada ishtirok etuvchi shaxslar:

Mazkur SITRO MILLIONLAR aksiyasida faqat O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiladigan fuqarolargina qatnashishi va sovg’alarga ega bo’lishi mumkin. 18 yoshga to’lmagan bolalarga sovg’alar topshirilmaydi. Sovg’alar faqat ularning ota-onalari yoki ularni rasmiy hujjat asosida o’z qaramog’iga olgan shaxslarga topshirilishi mumkin. Bu holatda ota yoki onaning pasporti va farzandning metrikasi taqdim qilinishi kerak.

Aksiyaga oid savollar bo’yicha aloqa xizmatiga oid ma’lumot:

Aksiya to’g’risidagi barcha ma’lumotlar  78/ 147 52 00,  99/ 797 88 00 aloqa raqamlariga qong’iroq qilib yoki www.pridebottlers.uz saytidan bilib olinishi mumkin.